SHOMUSAROV Shorustam Gʻiyosovich – 1958-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1982-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-arabshunos, filologiya fanlari doktori, dotsent.
1980 – 1982 Yamanda malaka oshiruvchi tarjimon; 1982 – 1983-yillarda sharq fakulteti qoshidagi 10 oylik kurslarda texnik xodim, katta oʻqituvchi; orada 1985 – 1987-yillar SSSR FA SHIda aspirant, 1988-yildan yana ToshDU Sharq fakultetida katta oʻqituvchi, ilmiy xodim va (endi, ToshDSHI)1992 – 1993-yildan dotsent, arab filologiyasi kafedrasi mudiri; 1993 – 1995-yillar ToshDSHI ilmiy xodimi; 1995-yildan ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 1998-yildan dotsent. 1997-yildan xorijiy safarda yurib, 2015-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti arab filologiyasi kafedrasida professor lavozimida, 2016-yildan mazkur kafedraning mudiri sifatida ish boshladi.
Ilmiy yoʻnalishi – manbashunoslik, qiyosiy folklorshunoslik, arab adabiyoti. 80 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, Butunjahon arab tili ittifoqi Markaziy kengashi aʼzosi (2020-y.).