User:Progint/sandbox/Qorabog’ mojarosi

Qorabog’ mojarosi — Аrmaniston bilan Оzarbayjon оrasidagi mojaro. Qorabog’ mojarosining tarixi armanilarning Kavkazga ko’chish davridan boshlanadi.

Qorabog’ mojarosi tasvirlangan pochta markasi

Таrixi

edit

Hozirgi Ozarbayjon davlatining ildizlari Кavkaz Albaniyasi davlatiga borib taqaladi. Hozir Tog’li Qorabog’ deya tanilgan hudud o’z paytida ushbu davlatning bir qismi bo’lgan. Qadimiy manbalarga ko’ra Albaniyaning etnik tarkibi yerli Kavkaz va turkiy xalqlarga oid 26 ta qabila birligidan iborat edi. Albaniya boy va noyob madaniyatga ega bo’lib, uning 52 harfdan iborat o’z alifbosi mavjud edi. Milodiy 313 yilda nasroniylik Albaniyada davlat dini deb e’lon qilindi va mustaqil alban cherkovi faoliyat yurita boshladi. Keskin va murakkab sharoit Albaniya mustaqilligining uzoq davom etishiga imkon bermadi. Milodiy 705 yilda Albaniya davlati Arab Xalifaligi tarkibiga o’tdi. Shundan so’ng armanilar bilan Vizantiyaga qarshi ittifoq tuzgan Xalifalik Albaniya bilan Vizantiya o’rtasida mavjud bo’lgan mustahkam aloqalarni buzish maqsadida alban cherkovini armani grigoryan cherkoviga tobe vaziyatga solib qo’ydi.

O’rta asrlarda Qorabog’ Оzarbayjonning hozirgi hududida o’sha paytda mavjud bo’lgan turk-musulmon sulolalari tomonidan idora etilgan davlatning bir qismi bo’lib, bu yearda turkiy tilli xalqlar maskan tutgan edi.

18-asr turk (Оzarbayjon) sulolasidan bo’lgan Javonshirlarning boshchilik qilishi Qorabog’ xonligining vujudga kelishi bilan aloqadordir. Bu Ozarbayjon zodagonlarining irsiy sulola an’anasi hukm surgan Ozarbayjon Xonligi bo’lib, bu yerda o’rnashgan etnik sulolalar orasida ozarbayjonliklar ko’pchilikni tashkil etardi.

Qorabog’ xonligi bilan Rossiya Imperiyasi o’rtasida imzolangan Кurakchoy bitimidan (1805) so’ng ushbu Xonlik Rossiya Imperiyasi hukumronligi ostiga o’tishga majbur bo’ldi. Butun Kavkaz o’lkasini ishg’ol etgan Rossiya Imperiyasi ushbu hududda o’z nazoratini o’rnatish va uni mustahkamlash maqsadida turli-tuman vositalar bilan “parchalab tashla va hukumronlik qil” siyosatini amalga oshira boshladi. Eron va Usmonli imperiyasidan armanilarning Qoraboqqa ko’chirilishi va shu bilan mazkur hududda demografik vaziyatning sun’iy yo’l bilan o’zgartirilishi bu sohada amalga oshirilgan keng miqiyosli tadbirlarning bir hissasi edi. Rossiya – Eron (1806-1813, 1826-1828) va Rossiya – Usmonli (1828-1829) urushlaridan so’ng ushbu hududning etnik tarkibi butunlay o’zgartirildi. Faqat 1828-1830 yillarning o’zida Erondan 40.000dan ortiq, Usmonli Imperiyasidan esa 84.600 armani Ozarbayjonga ko’chirib keltirib joylashtirildi.

Qorabog’ xonligi bilan Rossiya Imperiyasi o’rtasida imzolangan Кurakchoy bitimidan (1805) so’ng ushbu Xonlik Rossiya Imperiyasi hukumronligi ostiga o’tishga majbur bo’ldi. Butun Kavkaz o’lkasini ishg’ol etgan Rossiya Imperiyasi ushbu hududda o’z nazoratini o’rnatish va uni mustahkamlash maqsadida turli-tuman vositalar bilan “parchalab tashla va hukumronlik qil” siyosatini amalga oshira boshladi. Eron va Usmonli imperiyasidan armanilarning Qoraboqqa ko’chirilishi va shu bilan mazkur hududda demografik vaziyatning sun’iy yo’l bilan o’zgartirilishi bu sohada amalga oshirilgan keng miqiyosli tadbirlarning bir hissasi edi. Rossiya – Eron (1806-1813, 1826-1828) va Rossiya – Usmonli (1828-1829) urushlaridan so’ng ushbu hududning etnik tarkibi butunlay o’zgartirildi. Faqat 1828-1830 yillarning o’zida Erondan 40.000dan ortiq, Usmonli Imperiyasidan esa 84.600 armani Ozarbayjonga ko’chirib keltirib joylashtirildi.

1828 yilda Rossiya shohining amri bilan ishg’ol etilgan Ozarbayjon xonliklari (Iravon xonligiNахchivon xonligi) hududida armani viloyati barpo etildi. Bundan Usmonli Imperiyasining orqa darvozasida, nizoda bo’lgan ikkala tomon orasida alohida davlat yaratish va turkiy tilli xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash maqsadi ko’zda tutilgan edi. 1836 yilda Rossiya shohi tomonidan alban cherkovining tugatilishi alban aholisining butunlay Grigorianlashuvi (armanilashuvi) bilan yakun topdi.[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10][11][12]

Iravon shahrining armanilarga berib yuborilishi

edit

29 may – Оzarbayjon Xalq Jumhuriyatining hukumati mustaqillik e’lon etgan, lekin siyosiy markazi bo’lmagan Armaniston Respublikasi hukumatiga Iravon shahrini (hozirgi Erevan, aholisining 30 foizi armanilar va boshqa etnik guruhlardan, 70 foizi ozarbayjonliklardan iborat edi) berib yubordi. [Manbani ko’rsating] Bundan maqsad Naxchivonda, Qorabog’da, Zangazurda boshlanib ketgan armanilar ishg’olining oldini olsih edi.

Аrmaniston tomonidan dashnoq hukumatining bosh vaziri imzolagan bitimga asosan Armaniston chegaralari belgilandi va natija e’tiboriga ko’ra bu davlatning 400.000 nafar aholisi bo’lgan Iravon va Echmiadzin rayonlari ham kiritilgan holda 10.000 kv. km dan iborat umumiy maydoni aniqlab beradi. Qorabog’ Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining tarkibiy qismi bo’lganicha qoldi.[13][14][15]

Mojaro natijalari

edit

1918 yilning iyun-iyul oylarida Sulh va yaxshi qo’shnichilik munosabatlariga doir kelishuvga teskari o’laroq, Аrmaniston Respublikasi Оzarbayjonga qarshi keng miqiyosli tajovuz boshladi. Naxchivon shahrining ishg’ol etilishi, Ozarbayjonning Zangazur vа Qorabog’ viloyatlariga ommaviy hujumlar 115 kentning vayron etilishi va 7729 Ozarbayjon fuqarosining qatl etilishi bilan yakun topdi. Taxminan 50.000 kishi el-yurtidan judo bo’ldi.

1921 yil 5 iyulda Rossiya Kommunistik (bolshevik) Partiyasi Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosi shunday qaror qabul qildi: “Musulmonlar va armanilar o’rtasida tinchlikning, quyi va yuqori Qorabog’ orasida iqtisodiy aloqalarning, Ozarbayjon bilan davomli munosabatlarning ko’rinib saqlanish zarurati asos qilib olingan holda, Tog’li Qorabog’ Ozarbayjon SSR tarkibida qoldirilsin va unga keng hududiy muxtoriyat berilsin”.

Tog’li Qorabog’ armanilariga o’z-o’zini boshqarish huquqining berilishi bilan bir qatorda aholisining aksariyati ojarbayjonliklardan iborat bo’lgan Zangazur va Qozox rayonining bir qismi (9.000 kv.km.) Armanistonga berib yuborildi. Sovet hokimiyati davrida Ozarbayjonning umuman olganda 20.000 kv.km. hududi Armanistonga berildi.

1923 yil 7 iyunda Ozarbayjon SSR Markaziy Ijroiya Komitetining “Мa’muriy markazi Хоnkandi (1923 yilning sentabrida shahar nomi o’zgartirildi va bolsheviklar lideri Stepan Shaumyan sharafiga Stepanakert deb atala boshladi) bo’lgan Tog’li Qorabog’da muxtor viloyatning tashkil etilishi” haqidagi farmoni qabul qilindi; ayni paytda Armanistonda jips holda yashab kelgan uch yuz ming ozarbayjonlikka Sovet hukumati va Armaniston SSR tomonidan hatto madaniy muxtoriyat ham berilmadi.

1948-1953 yillarda Armanistonning ozarbayjonli aholisi doimo tazyiq ostida yashadi va bu ham ozarbayjonliklarning Armanistondan ommaviy deportasiya qilinishi bilan yakunlandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra 1948-1953 yillarda 250 mingdan ortiq ozarbayjonlik Armanistondan Ozarbayjonning Kur-Oraz pasttekisligidagi rayonlarga ko’chirildi.

1987 yil 18 noyabrda Кreml maslahatchisi A.Aganbekyanning Tog’li Qorabog’ning Armaniston SSRga birlashtirilishi haqidagi bayonoti. Bu bayonot milliy adovat tuyg’ularining yanada alangalanishi va mojaroning keskinlashuvida hal etuvchi rol o’ynadi.

Noyabr – dekabr oylarida Erevanda Ozarbayjon SSR Tog’li Qorabog’ viloyatini Armaniston SSRga birlashtirish shiorlari ostida namoyishlar bo’lib o’tdi. 1988 yilning boshlaridanoq Armaniston SSRda yashaydigan ozarbayjonliklarni ommaviy suratda haydab chiqarish boshlandi. Ozarbayjon hokimiyat organlarining qarori bilan qochqinlar Boku va Sumgayitga joylashtirildi. Fevral oyida mojaroning dastlabki qurbonlari: ikki Ozarbayjon fuqarosi Askaronda (Tog’li Qorabog’) o’ldirildi.

1988 yilning 27-29 noyabrida Armaniston SSRning Gukark, Spitak va Stepanavan shaharlarida ozarbayjonliklarga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlar natijasida 33 kishi o’ldirildi. Dekabr oyida Armaniston SSRda 220.000dan ortiq ozarbayjonlik o’z uylaridan zo’rlab chiqarildi.

1989 yilning 29 iyulida Оzarbayjondan Armanistonga o’tadigan temir yo’l chizig’i Armaniston hududida poezdlarga qilingan hujumlar natijasida to’xtatib qo’yildi. Ozarbayjon Naxchivon Muxtor Respublikasining Armaniston tomonidan qamali boshlandi.

1 dekabrda esa Armaniston SSR Oliy Soveti Tog’li Qorabog’ning Armaniston SSRga birlashtirilishi haqida qaror qabul qilindi. Bu bilan, xalqaro huquqning asosiy me’yor va tamoyillarini buzgan holda, Armaniston qo’shni davlatning hududiy yaxlitligiga qarshi iddaolarini rasman e’lon etdi va Qorabog’ urushi boshlanib ketdi.[16][13][14][15]

Manbalar

edit

Shuningdek, qarang

edit

Havolalar

edit